Londonning «Chelsi» klubi Granit Jaka transferi borasida «Sanderlend» bilan olib borilayotgan muzokaralarni to'xtatish niyatida emas.

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Chelsi» shu haftada 33 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettiradi va boshi berk ko'chaga kirib qolgan jarayonni oldinga surishga harakat qiladi. Avvalroq «ko'klar» Jaka uchun 9,3 million evro taklif qilishgan edi, biroq bu mablag' etarli bo'lmadi. Shunday bo'lsa-da, futbolchining o'zi transfer amalga oshishini talab qilmoqda, chunki u yana Xabi Alonso qo'l ostida faoliyat yuritishni istaydi.

Ma'lumot uchun, Jaka o'tgan yozdan buyon «Sanderlend» sharafini himoya qilib kelmoqda. Jamoa tarkibida shveytsariyalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz