"Chelsi" "Genk" yarim himoyachisini nishonga oldi

Belgiyaning "Genk" klubi yarim himoyachisi Konstantinos Karetsas Londonning "Chelsi" klubining transfer maqsadiga aylandi. Klub e'tiborini futboldagi eng yaxshi yosh iqtidorlardan birini sotib olishga qaratishga tayyor va 2026 yilda gretsiyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun kurashda bir qator evropalik raqobatchilarni ortda qoldirishga intilmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Gretsiya sharafini himoya qilishni tanlagan Karetsas "o'nlik" yoki qanotda o'zini ishonchli his qiladi, ammo hujumda istalgan pozitsiyada o'ynay oladi. Futbolchiga "Arsenal", "Liverpul", "Bavariya" va "PSJ" kabi ko'plab klublar qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kevin De Bryuyne va Tibo Kurtua "Stemford Brij"ga yoshligida aynan "Genk"dan jalb etilgan va endilikda "Chelsi" yana belgiyalik futbolchiga ko'z tikmoqda.