"Chelsi" hujumchi Kristofer Nkunkuni "Milan"ga 42 million evroga sotmoqda. Shundan so'ng, London klubi vinger Alexandro Garnachoning transferini yopadi. "Aristokratlar" allaqachon "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda taniqli jurnalist Ben Jeykobs ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.

Avvalroq matbuotda 21 yoshli Garnacho "Manchester Yunayted"dan aynan "Chelsi"ga o'tishga qaror qilgani bir necha bor ta'kidlangandi. Nufuzli Transfermarkt portali argentinalikni 45 million evroga baholamoqda. "Qizil iblislar" safida Garnacho 144 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va sheriklariga 22 ta golli uzatma bergan.