«Chelsi» Garnacho borasida bir qarorga keldi

Londonning «Chelsi» klubi argentinalik vinger Alexandro Garnacho borasidagi rejalarini belgilab oldi. Insayder Saymon Fillipsning xabar berishicha, «aristokratlar» 21 yoshli futbolchi bilan shu yozda xayrlashishga qaror qilishgan.
Manbaga ko'ra, Angliya top-klubi Garnachoning transferidan 46 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Alexandroga da'vogarlar qatorida Italiyaning «Napoli» klubi tilga olinmoqda.
Argentinalik futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. U London klubi safiga 2025 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. Yakunlangan APL mavsumida Garnacho 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.