Londonning "Chelsi" klubi Italiyaning "Latsio" klubi chap qanot himoyachisi Nunu Tavareshga da'vogarlik qilmoqda.

O'tgan yozda Rim klubi portugaliyalikni 50 mln evroga sotishdan bosh tortgandi, ammo yanvar oyidayoq lateralni arzonroq narxda sotib olish mumkin bo'ladi. Il Messaggero xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini "Chelsi" ko'rib chiqmoqda.

Nunu Tavaresh yaqindagina Londonning "Arsenal" klubiga tegishli edi. Iyul oyida "Latsio" futbolchini "kanonirlar"dan 5 mln evroga sotib olgandi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning nufuzli Transfermarkt portalidagi narxi 20 mln evroni tashkil etadi.