"Chelsi" futbolchisiga katta pul to'lab, shartnomasini bekor qilib yubormoqchi

Londonning "Chelsi" klubi Rahim Sterling bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish haqida o'ylamoqda. 30 yoshli futbolchi o'tgan transfer oynasida hech qaerga ketmagan, garchi u sotuvga qo'yilgan bo'lsa-da. Xabaringiz bor, bosh murabbiy Entso Mareska Sterlingni o'z tarkibida ko'rmayapti, shu bois klub futbolchining mehnat shartnomasini bekor qilishga tayyor. Football Insider xabariga ko'ra, "Chelsi" Angliya terma jamoasining sobiq yulduziga hamkorlikni muddatidan oldin to'xtatish uchun taxminan 10 million funt (11,5 million evro) taklif qilishi mumkin.
Rahim Sterlingning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. "Ko'klar" vingerni yuqoridagi shartlar asosida qo'yib yuborsa, taxminan 30 mln funt (34,5 mln evro) iqtisod qilishi mumkin.