Londonning "Chelsi" klubi tayanch yarim himoyachisi Dario Essugu Portugaliya yoshlar jamoasi yig'inida jarohat oldi.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi sonidan muvaffaqiyatli operatsiya qilingan va tiklanish jarayonini boshlaydi.

Essugo hali yangi mavsumda "aristokratlar" safida birorta o'yinda maydonga tushmagan edi.