"Chelsi" futbolchisi jamoasining navbatdagi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

Hujumkor yarim himoyachi Koul Palmer "Chelsi"ning navbatdagi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.
Goal portalining xabar berishicha, Palmer klub tomonidan chop etilgan mashg'ulot kadrlarida yo'q. Taxminlarga ko'ra, "ko'klar" etakchisi hali mashg'ulotlarni tiklamagan.
Ma'lumki, Koul Palmer sog'lig'i tufayli "Chelsi"ning Angliya chempionatidagi so'nggi ikki uchrashuvini o'tkazib yuborgandi. 13 sentyabr, shanba kuni "Chelsi" APL doirasidagi navbatdagi o'yinini o'tkazadi.
Shu kuni Entso Mareska shogirdlari mehmonda “Brentford” bilan o'ynaydi. "Chelsi" hozirda 3 turda 7 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.