"Chelsi" futbolchilari Entso Fernandesdan norozi

«Chelsi» futbolchilari jamoadoshi Entso Fernandesning xatti-harakatlaridan norozi bo'lishmoqda. Jamoa a'zolari argentinalik yarim himoyachining qilmishlari so'nggi oylarda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni engib o'tishga hech qanday yordam bermayapti, deb hisoblashmoqda, deya xabar beradi The Telegraph.
Manbaning ta'kidlashicha, Fernandes ketma-ket to'rtta mag'lubiyatdan so'ng sheriklarini keskin tarzda tanqid qilgan va bu boshqa futbolchilarga ma'qul kelmagan. 25 yoshli xavbekning haddan tashqari hissiyotlarga berilishi ayrimlar tomonidan ortiqcha deb ko'rilmoqda.
So'nggi vaqtlarda Entso Fernandesning «Chelsi»ni tark etishi haqidagi xabarlar tez-tez quloqqa chalinmoqda. Transfermarkt portali tomonidan 90 million evroga baholangan futbolchi uchun asosiy da'vogar Madridning «Real» klubi bo'lib turibdi.