Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi David Datro Fofana hozirda Turkiyaning "Fatih Karagyumruk" klubida ijara asosida harakat qilmoqda.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "aristokratlar" 23 yoshli ivuarlik hujumchisidan to'liq qutilmoqchi.

Transfermarkt portalida 5 million evroga baholanayotgan futbolchiga "Derbi Kaunti", "Seltik" va "Antverpen" qiziqish bildirmoqda.

Fofana joriy mavsumda jami 14 ta o'yinda 7 ta gol urdi.