Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesni sotib olishga harakat qilmoqda.

COPE nashri xabariga ko'ra, "aristokratlar" 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga yiliga 15 million evro maosh berishga tayyor. U Kataloniyada 6 million evro maosh oladi.

Avvalroq, "ko'k-anorranglilar" Ferminni faqat 70 million evroga qo'yib yuborishga tayyor bo'lishi aytilgan edi.