"Chelsi" Fermin Lopes bo'yicha ilk taklifni berdi.

London klubi 22 yoshli yarim himoyachining transferi uchun "Barselona"ga rasman 40 million evro taklif qildi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.

Taklif bugun bo'lib o'tgan "Fulxem"ga (2:0) qarshi o'yindan so'ng yuborilgan.

Fermin La Liganing o'tgan mavsumida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.