"Chelsi" Fermin Lopesga vaqt berdi

Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopesni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Avvalroq, "aristokratlar" futbolchi uchun "Barselona"ga 50 million evro taklif qilgani ma'lum bo'lgandi.
Xabarlarga ko'ra, "Chelsi" Ferminga yakuniy qarorni qabul qilish bo'yicha 48 soat vaqt bergan. Barchasi xavbekning o'z qo'lida.