"Chelsi" Fermin Lopes bo'yicha taklifni oshirdi

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesga hamon Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda.
Diario SPORT xabariga ko'ra, "Chelsi" ispaniyalik futbolchining transferi bo'yicha taklifni 58 million evrodan 65 million evrogacha oshirgan. Ta'kidlanishicha, bu bonus to'lovlarisiz qat'iy belgilangan qismdir.
Manbaning ta'kidlashicha, "ko'klar" 22 yoshli Lopesni o'z safiga qo'shib olishni juda xohlamoqda, ammo futbolchining o'zi "Barselona"ni tark etish niyatida emas.
Joriy mavsumda Lopes Ispaniya chempionatining bir o'yinida maydonga tushdi.