"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer shanba kuni bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasining "Fulxem"ga qarshi o'yinida jamoaga yordam bermaydi.

Matbuot anjumanida “aristokratlar” bosh murabbiyi Entso Mareska Palmerning yo'qligini tasdiqladi.

Eslatib o'tamiz, "Vest Xem"ga qarshi so'nggi o'yin oldidan Palmer chigalyozdi mashg'ulotlari paytida o'zini noqulay his qilgan va tarkibdan chetlatilgan edi.