«Chelsi» Entso uchun Arda Gyulerni talab qilmoqda

«Real» «Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandesni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. VVS ma'lumotlariga ko'ra, madridliklar argentinalik futbolchi uchun «ko'klar» so'rayotgan 120 million evroni to'lashga tayyor emas, agar jamoa o'z futbolchilarini sotish orqali mablag' ishlab topmasa.
Madrid klubi transfer summasini kamaytirish uchun bitimga o'z o'yinchilaridan birini qo'shish variantini ko'rib chiqmoqda. «Chelsi» esa Entso evaziga «Real» yarim himoyachisi Arda Gyulerni talab qilishi mumkin.
Entso Fernandes «Chelsi»ga 2023 yilda «Benfika»dan 121 million evro evaziga o'tgan edi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «ko'klar» safida barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan va ettita golli uzatmani amalga oshirgan.