«Chelsi» Disasidan qutilishga yaqin turibdi

«Chelsi» markaziy himoyachisi Aksel Disasi yaqin kunlarda APLdagi boshqa klubga o'tishi mumkin.
Nikolo Skira xabariga ko'ra, 27 yoshli frantsuz «Vest Xem»ga o'tish arafasida. Tomonlar transfer masalasida kelishuvga yaqin turibdi.
Disasi joriy mavsumda «Chelsi» asosiy tarkibida o'ynamayapti va alohida mashg'ulot o'tkazmoqda. Transfermarkt uni 15 million evroga baholaydi.