"Chelsi" darvozaboni Roberto Sanches "Nyukasl"ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:

"Jamoamiz o'ziga ishonadi lekin dastlabki daqiqalardanoq raqibga ustunlik bermasligimiz kerak. Futbolda hamma narsa bo'ladi, 5 daqiqadayoq gol o'tkazsak ham, oldimizda 85 daqiqa bo'ladi. Shunchaki, konsentratsiyani yo'qotmasligimiz va oldinga yurishimiz kerak. Ikkinchi bo'limda nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatib qo'ya oldik deb o'ylayman. Yigitlar bilan faxrlanaman".

"Chelsi" keyingi bahsni "Aston Villa"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: newsnow.co.uk