"Chelsi" darvozaboni Robert Sanches Premer-liganing 17-turida "Nyukasl Yunayted"ga qarshi 2:2 hisobidagi durangli o'yinda golli uzatmani amalga oshirdi.

Bahsning 66-daqiqasida ispaniyalik darvozabon to'pni o'z jarima maydonchasidan raqib jarima maydonchasiga tepdi.

Hujumchi Joao Pedro uzatmani qabul qildi, himoyachini ortda qoldirdi va jarima maydonchasi ichidan zarba berib, hisobni tenglashtirdi.