«Chelsi» darvozaboni ketishga qaror qildi

Darvozabon Filip Yorgensen katta ehtimol bilan yozgi transferlar vaqtida «Chelsi»ni tark etadi. Jurnalist Nizar Kinsellaning ma'lumotiga ko'ra, shvetsiyalik posbon London klubi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazgan. U «ko'klar» xo'jayinlaridan o'yin amaliyoti etishmayotgani sababli uni yozgi transfer oynasida qo'yib yuborishlarini so'ragan.
Filip Yorgensen «Chelsi»ga 2024 yilda «Vilyarreal»dan 24 million evro evaziga o'tgan edi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda shvetsiyalik darvozabon «ko'klar» safida barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuv o'tkazib, 17 ta gol o'tkazib yubordi va bitta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Transfermarkt portali Yorgensenning transfer narxini 15 million evroga baholamoqda.