"Chelsi" darvozaboni: "Barselona" Chempionlar Ligasi favoriti emas"

Londonning "Chelsi" klubi darvozaboni Robert Sanches "Barselona" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng (3:0) kataloniyaliklarni turnir favoriti sifatida ko'rmayotganini aytdi.
"Barcelona Chempionlar Ligasi favoritlaridan emas. Menimcha, favorit bu - "Chelsi".
Kukurelya bu o'yinda Yamalni cho'ntagiga solib qo'ydi. Har doim aytaman: barcha o'yinchilar juda zo'r… to Premer-ligada o'zlarini isbotlaguncha", - dedi ispaniyalik darvozabon o'yindan so'ng.