"Chelsi" shanba kuni safarda "Nyukasl" bilan durang o'ynadi - 2:2. Londonliklar 0:2 hisobida yutqazayotgandi, ammo 2 bor raqib darvozasiga yo'l topa olishdi. "Aristokratlar" safidagi ikkinchi golga Joao Pedro mualliflik qildi, unga darvozabon Robert Sanches assistentlik qildi.

Qizig'i, joriy chempionatda golli harakatlar bo'yicha "Chelsi" darvozaboni Sanches hujumkor yarim himoyachi Florian Virtsni ortda qoldirdi, "Liverpul" bu futbolchi uchun yozgi transferlar vaqtida 125 million evro to'lagandi (bu hali ehtimoliy bonuslarsiz). Virts hali ham APL joriy mavsumida birorta samarali harakat qilgani yo'q, Sanches esa golli pasga ega bo'ldi.

Darvoqe, "Transfermarkt" portali "Sanderlend" futbolchisining avtogol vaziyatida Virts golli uzatmani amalga oshirgan deb hisoblamoqda. O'shanda nemis zarba berayotgandi. Ammo APL bunday assistlarni inobatga olmaydi.