"Chelsi"dan ketmoqchi bo'lgan himoyachiga 7 ta klub da'vogarlik qilmoqda

«Chelsi»ning o'ng qanot himoyachisi Josh Achimpong klubdan ketish haqida jiddiy o'ylab qoldi. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 19 yoshli futbolchi etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan norozi va shu sababli mavsum yakunlangach, jamoasini o'zgartirishni rejalashtirmoqda.
Vaziyatni Germaniyaning «Bavariya» va «Borussiya» Dortmund klublari kuzatib bormoqda. Shuningdek, Angliyaning «Bornmut», «Nyukasl», «Kristal Pelas», «Tottenxem» va «Vest Xem» jamoalari ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portalida Josh Achimpongning taxminiy narxi 25 million evro etib belgilangan. Joriy mavsumda yosh angliyalik futbolchi «ko'klar» safida barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi.