"Chelsi" bosh murabbiyi: "Uning qachon safga qaytishini bilmayman"

Londonning "Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Entso Mareska tayanch yarim himoyachisi Romeo Lavianing holati haqida gapirdi.
"Biz Romeo Laviya qachon qaytishi mumkinligini bilmaymiz.
Unda mushaklar muammosi bor. Bu uzoq muddatlimi yoki qisqa muddatlimi, bilmaymiz", - dedi italiyalik mutaxassis.
Lavia joriy mavsumda jami 11 ta o'yinda ishtirok etdi. Unda golli harakatlar yo'q.