«Chelsi» bir yarim yil ichidagi eng yirik g'alabasini qayd etdi

«Chelsi» so'nggi bir yarim yil ichida o'zining eng yirik g'alabasini qo'lga kiritdi.
Liam Rosenor shogirdlari kecha Angliya Kubogi doirasida «Port Veyl» jamoasini 7:0 hisobida tor-mor etdi.
Londonliklar oxirgi marta ettita yoki undan ko'p to'p farqi bilan 2024 yilning noyabr oyida g'alaba qozonishgan edi. O'shanda ular Konferentsiyalar ligasi doirasida «Noa» darvozasiga javobsiz sakkizta gol yo'llashgandi.