Angliyaning "Chelsi" klubi "Kristal Pelas"ning 29 yoshli kolumbiyalik himoyachisi Daniel Munos bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda. Bu haqda Football Insider nashri yozmoqda.

Manbalarning ta'kidlashicha, so'nggi vaqtlarda Kolumbiya terma jamoasi a'zosi "Kristal Pelas"ning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan. Insayderlarning fikricha, klub himoyachini kamida 25 mln evroga qo'yib yuboradi. Avvalroq, futbolchiga "Barselona", "Manchester Siti" va "PSJ" klublari da'vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Munos 2024 yildan beri "Kristal Pelas"da o'ynamoqda. Bu mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan.