«Chelsi» «Barsa» futbolchisi uchun 50 millionlik rasmiy taklif yubordi

Londonning "Chelsi" klubi "Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopesni sotib olmoqchi.
Relevo xabariga ko'ra, "aristokratlar" kataloniyaliklarga 50 million evrolik rasmiy taklif yubordi.
"Ko'k-anorranglilar" bu transfer orqali deyarli barcha moliyaviy muammolardan qutuligi mumkin. Shu sabab ular 22 yoshli iqtidorini sotib yuborishni ko'rib chiqmoqda.