"Atletiko"ning ispaniyalik xavbeki Pablo Barrios - "Chelsi"ning yangi nishoni.

Angliya grandi futbolchi uchun 80 mln evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Klubdagilarning fikricha, xavbek Liam Rosenorning yangi loyihasiga juda mos tushadi. Barriosning mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.

Pablo Barrios joriy mavsum "Atletiko" safida 31 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularda futbolchi bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.