Londonning "Chelsi" klubi 2026 yilning yozida "Aston Villa"ni tark etishi mumkin bo'lgan hujumchi Morgan Rojers xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, yaqinda "Aston Villa" bilan yangi shartnoma imzolaganiga qaramay, futbolchining klubni tark etishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bir nechta etakchi jamoalar uning o'yinlarini kuzatishda davom etmoqda. "Chelsi" Rojers nomzodini o'tgan yozda ko'rib chiqqan, ammo qiziqish rasmiy taklif darajasiga ko'tarilmagan edi. Rojers 2026 yilning yanvarida klubni tark etmasligi aniq, ammo yozgi transferlar oynasi ochilishi bilan ko'plab variantlar bo'lishi mumkin.

E'tiborlisi, "Aston Villa" APLning 17-turida "Manchester Yunayted" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Morgan Rojersning dubli jamoa uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi va u 1998 yildan beri Birmingem klubining ketma-ket ikkita o'yinda kamida ikkita gol urgan birinchi futbolchisiga aylandi.