"Chelsi" argentinalik iqtidorni 100 million evroga sotib olishga tayyor

"Komo" yarim himoyachisi Nikolas Pas faoliyatini Angliyaning grand klubida davom ettirishi mumkin.
Caughtoffside xabariga ko'ra, "Chelsi" 21 yoshli xavbekni kelasi yozda qo'lga kiritish uchun jiddiy harakat qiladi. "Aristokratlar" transfer uchun 100 million evro sarflashga tayyor.
Avvalroq, "Real" futbolchini kelasi yozda 8 million evroga qayta sotib olish imkoniyatini faollashtirmasligi ma'lum bo'lgan edi.
Pas joriy mavsumda 12 ta o'yinda 4 tadan gol va golli uzatma amalga oshirdi.