Londonning «Chelsi» klubi o'z tarkibini argentinalik yarim himoyachi Valentin Barko bilan kuchaytiradi. Futbolchi ayni damda Angliya Premer-ligasining boshqa bir jamoasi — «Brayton» sharafini himoya qilmoqda.

Talksport nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar olti yilga mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolash borasida kelishuvga erishishgan. Endi «aristokratlar» transfer masalasini bevosita «Brayton» klubi bilan kelishib olishlari kerak bo'ladi.

Argentinalik futbolchining «chaykalar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 8 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Barko 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.