"Chelsi" 9 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti. Oldinda jiddiy raqiblar

"Chelsi" iyun oyining o'rtalaridan beri mag'lub bo'lmayapti.
Entso Mareska jamoasi bugun APL 4-turida "Brentford" (2:2) bilan durang o'ynadi.
Premer-liga va klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi so'nggi 9 o'yinda londonliklar 7 g'alaba va 2 durang qayd etishgan.
17 sentyabr kuni "Chelsi" Chempionlar ligasida "Bavariya" bilan, 20 sentyabr kuni esa Angliya chempionatida "Manchester Yunayted" bilan to'qnash keladi.