"Chelsi"ning mag'lubiyatsiz seriyasi barham topdi.

Entso Mareska jamoasi APLning 14-turida "Lids"ga (1:3) imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Bungacha "ko'klar" barcha musobaqalarda 8 o'yindan beri mag'lubiyatga uchramagan edi. 25 oktyabr kuni Premer-ligada "Sanderlend"dan (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng 5 g'alaba va 2 durang qayd etildi.

6 dekabr kuni "Chelsi" Angliya chempionatining 15-turida "Bornmut" mehmoni bo'ladi.