"Chelsi" ketma-ket uch o'yinda g'alaba qozona olmayapti.

Bugun Entso Mareska jamoasi APLning 15-turida "Bornmut" bilan durang o'ynadi - 0:0. Bungacha "ko'klar" "Lids"ga imkoniyatni boy berib (1:3), "Arsenal" bilan ochko bo'lishgandi (1:1).

9 dekabr kuni London klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Atalanta"ga qarshi maydonga tushadi.