Yakshanba kuni «Chelsi» o'z muxlislarini ranjitdi. Liam Rosinor jamoasi o'z maydonida «Manchester Siti»ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Aristokratlar» barcha uchta golni tanaffusdan so'ng o'tkazib yuborishdi.

Premer-liganing so'nggi uchta o'yinida «Chelsi» faqat mag'lubiyatga uchradi va birorta ham gol ura olmadi. Ushbu davr mobaynida «aristokratlar» «Nyukasl» (0:1), «Everton» (0:3) va mana endi «Manchester Siti»ga (0:3) imkoniyatni boy berishdi.

Squawka nashrining xabar berishicha, «Chelsi» oxirgi marta Premer-ligada ketma-ket uchta o'yinda gol ura olmasdan mag'lub bo'lishi o'tgan asrda — 1998 yilning mart oyida sodir bo'lgan edi.

Keyingi turda «Chelsi» yana o'z uyida Manchesterning boshqa bir jamoasi — «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 18 aprel kuni bo'lib o'tadi.