"Chelsi" 2026 yilda yangi darvozabon sotib olmaydi

Londonning "Chelsi" klubi darvozabon pozitsiyasini kuchaytirishga ehtiyoj yo'q deb hisoblamoqda. Jamoaning hozirgi "birinchi raqamli" golkiperi Robert Sanches tez-tez tanqid qilinadi, ammo klub ispaniyalik futbolchi va uning o'rinbosari Filip Yorgensendan mamnun. Shuningdek, "ko'klar" bosslarini "Strasburg"ga ijaraga berilgan Mayk Penders ham qoniqtirmoqda. Shu tariqa, "Chelsi" 2026 yilning yanvarida ham, yozida ham yangi darvozabon bilan shartnoma imzolamaydi, deb xabar beradi Sky Sports.
Entso Mareska jamoasi Premer-liga 7-turidan keyin 11 ochko bilan turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. Londonliklar chempionatda 13 ta gol urib, o'z darvozasidan 9 marta to'p olib chiqdi.