"Arsenal" "Chelsi"dan mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Mikel Arteta jamoasi Angliya Liga Kubogi yarim finalida safarda "ko'klar"ni mag'lub etdi - 3:2.

"Chelsi" so'nggi bor 2021 yilning avgustida "kanonirlar"ni mag'lub etgandi. O'shandan beri u olti marta derbida mag'lub bo'ldi va uch marta durang o'ynadi.

Javob o'yini fevral oyi boshida bo'lib o'tadi.