Cheferin JCh-2026 finaliga boykot e'lon qildi

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin printsipial sabablarga ko'ra 2026 yilgi Jahon chempionati finaliga bormadi.
Turnirning hal qiluvchi bahsida Ispaniya terma jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etdi.
The Times nashrining yozishicha, bir vaqtning o'zida FIFA vitse-prezidenti lavozimini ham egallab turgan Cheferin normal sharoitda stadionda hozir bo'lishi kerak edi, biroq u Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasi bekor qilinishi bilan bog'liq vaziyat fonida ushbu o'yinga tashrif buyurishdan bosh tortdi.
Eslatib o'tamiz, AQSh terma jamoasi hujumchisi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi kechgan o'yindagi (2:0) qizil kartochkadan so'ng diskvalifikatsiya qilingan edi. Biroq ushbu jazoning to'xtatilishi ortidan futbolchi JCh-2026 ning Belgiyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida (1:4) maydonga tusha oldi. AQSh Prezidenti Donald Tramp Balogunning maydondan chetlatilishi masalasini FIFA rahbari Djanni Infantino bilan muhokama qilganini tan olgan edi.
The Times nashrining yozishicha, ushbu vaziyat FIFA va UEFA o'rtasidagi munosabatlarni jiddiy ravishda yomonlashtirgan. Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi Jahon chempionati o'tkazilishiga siyosiy aralashuvdan juda norozi bo'lgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar