Turkiya terma jamoasi etakchilaridan biri Xakan Chalhano'g'li JCh-2026dan chiqib ketganlaridan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Dastlabki ikkita o'yindan keyin terma jamoa pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan butunlay mahrum bo'ldi.

«Hozir so'z topish juda qiyin. Jamoa bor kuchini ishga soldi, biroq bu kamlik qildi. Raqib darvozasiga ko'p zarba yo'lladik, ammo gol ura olmadik. Omadimiz kelmadi. Paragvay esa bitta zarba berdi, vaziyatdan unumli foydalandi va g'alaba qozondi.

Xalqimizdan uzr so'ramoqchiman. Bizda yosh terma jamoa shakllangan, oldinda bizni hali ko'plab turnirlar kutmoqda. Bu men uchun faoliyatimdagi oxirgi Jahon chempionati bo'lishi mumkinligini ham inkor etmayman», — deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi TRT Spor telekanali.

O'tkazilgan ikkita uchrashuvdan so'ng Turkiya terma jamoasi birorta ham ochko to'play olmadi.

Manba: Stadion.uz