CAFA. O'zbekiston yirik hisobda Qirg'iz Respublikasini engdi va finalga chiqdi

CAFA Nations Cup-2025 uchinchi turida O'zbekiston Qirg'iz Respublikasini yirik 4:0 hisobida mag'lub etdi.
Vakillarimiz safida Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov (penaltidan), Igor Sergeev va Aziz Turg'unboev o'z hisobiga bittadan gol yozdirib qo'ydi.
O'zbekiston 8 sentyabr kuni turnir finalida Eron bilan o'ynaydi. To'plar nisbatiga ko'ra bizdan orqada qolgan O'mon Hindiston bilan uchinchi o'rin uchun kurashadi.
O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi 4:0
Gollar: 1:0 – 20, Akmal Mozgovoy (Husniddin Aliqulov), 2:0 – 67, Otabek Shukurov (penalti), 3:0 – 82, Igor Sergeev (Otabek Shukurov), 4:0 – 90+3, Aziz Turg'unboev
O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 3.Hojakbar Alijonov (24.Ibrohimxalil Yo'ldoshev, 88), 5.Muhammadqodir Hamraliev, 6.Akmal Mozgovoy (10.Aziz G'aniev, 73), 9.Odil Hamrobekov (7.Otabek Shukurov, 46), 13.Sherzod Nasrullaev (11.Oston O'runov, 46), 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeev, 73), 20.Hojimat Erkinov (19.Aziz Turg'unboev, 80), 22.Abbos Fayzullaev (8.Jamshid Iskanderov, 73), 23.Husniddin Aliqulov, 30.Alibek Davronov
Zaxira: 12.Abduvohid Ne'matov, 35.Vladimir Nazarov, 15.Umar Eshmurodov, 27.Dilshod Komilov, 31.Ruslan Jiyanov
Qirg'iz Respublikasi: 1.Erjan Tokotaev (13.Artyom Pradkin, 53), 2.Valeriy Kichin, 3.Tamirlan Qo'ziboev, 5.Arlen Beksulov, 7.Joel Kojo (24.Nurlanbek Sariqbaev, 81), 10.Guljigit Aliqulov (9.Ernist Botirxonov, 53), 12.Odil Abdurahmonov, 14.Aleksandr Mishenko, 19.Ermek Kenjaboev, 21.Kai Merk (17.Ulanbek Sulaymonov, 46), 23.Erbol Atabaev
Zaxira: 4.Azim Azarov, 6.Magamed Uzdenov, 11.Atai Jumashev, 16.Ruslan Amirov, 20.Esenbek Usun Ulu, 22.Amir Japarov, 25.Islam Yunusov, 26.Adil Qodirjonov
Ogohlantirishlar: Kai Merk (19), Arlen Beksulov (32)
Chetlatish: Valeriy Kichin (45)