O'zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup-2025 ikkinchi turida Turkmanistonga qarshi maydonga chiqdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Vakillarimiz safida Igor Sergeev dubl qayd etdi. U 37 va 44-daqiqalarda (penaltidan) gol urdi.

Turkmanlar safida Didar Durdiev 84-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib hisobni qisqartirdi.

59-daqiqada Farruh Sayfiev darvozabonning yuziga tepib yuborgani uchun maydondan chetlatildi.

O'zbekiston 5 sentyabr kuni Qirg'iz Respublikasi bilan o'ynaydi. Turkmaniston O'mon bilan to'qnash keladi.

Manba: www.stadion.uz.