Tojikistonning Hisor shahrida CAFA Nations Cup-2025 musobaqasining bronza medali uchun bahs bo'lib o'tdi.

Hindiston va O'mon terma jamoalari o'rtasidagi o'yinning asosiy vaqtida durang qayd etildi. Bahsning 55-daqiqasida Jamil al-Yahmadiy o'monliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Udanta Singh hisobni tenglashtirdi.

Qo'shimcha bo'limlarning birinchisida o'monlik futbolchi Ali al-Busaydiy maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, o'yin penaltilar seriyasigacha davom etdi. Unda Hindistonning qo'li baland keldi — 3:2

3-o'rin uchun o'yin. 17:00. Hisor
HINDISTON - O'MON  - 1:1. Asosiy vaqt — 1:1. Qo'shimcha bo'limlar — 0:0
Penaltilar seriyasi - 3:2
Gollar: Udanta Singh (80) — Jamil al-Yahmadiy (55)
Chetlatish: Ali al-Busaydiy (96) — O'mon

Manba: stadion.uz