CAFA Nations Cup-2025 finali: O'zbekiston ko'k, Eron oq libosda maydonga tushadi

Ertaga, 8-sentyabr kuni “CAFA Nations Cup-2025” turniri final uchrashuvi o'tkaziladi. Unda O'zbekiston va Eron terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi.
Bugun final oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi va mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
Mazkur bahsda futbolchilarimiz to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.
Eron esa maydonga oq rangli futbolkada tushadi.
Manba: https://t.me/FAUzbekistan