"Bavariya" sport bo'limi boshlig'i Maks Eberl Serj Gnabrining yangi shartnomasi haqidagi savolga javob berdi.

Seshanba kuni 30 yoshli vinger Chempionlar ligasi doirasida Lissabonning "Sporting" klubiga qarshi o'yinda (3:1) gol urib, golli uzatmani amalga oshirgan holda qahramonlardan biriga aylandi.

"Biz muzokaralar olib boryapmiz. Yaxshi va ochiq muzokaralar. Optimal echim topish kerak: bir tomondan, byudjet haqida o'ylash kerak, boshqa tomondan - o'yinchining talablarini qondirish kerak. Bu faqat Serjga emas, hammaga taalluqli. Bizning vazifamiz shu. Umid qilamanki, biz bu masalani hal qilamiz," - deya Eberlning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Serj Gnabriyning amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.