Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer "Aston Villa"ning taqiqi haqida fikr bildirdi.

Birmingem shahri klubi xavfsizlik bilan bog'liq muammolar tufayli "Makkabi Tel-Aviv" muxlislarini Evropa Ligasining mehmondagi o'yiniga qo'ymasligini e'lon qildi.

"Bu noto'g'ri qaror. Biz ko'chalarimizda antisemitizmga yo'l qo'ymaymiz.

Politsiyaning vazifasi barcha futbol muxlislariga zo'ravonlik yoki qo'rqitishdan xavotirlanmay o'yindan zavq olish imkoniyatini ta'minlashdir," deya Starmer ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.

Evropa Ligasining "Villa Park"dagi o'yini 6 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.