Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Angliya terma jamoasining JCh-2026 doirasidagi uchinchi o'rin uchun kechgan bahsdagi g'alabasiga izoh berdi.

«Ajoyib natija. Siz bizni faxrlanishga majbur qildingiz», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.

Uchrashuv 6:4 hisobida Angliya foydasiga yakunlandi.

Angliya terma jamoasi jahon chempionatining bronza medallarini 60 yil ichida ilk bor qo'lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz