Buxoroda voleybol bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati boshlandi

Buxoroda Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA) shafeligida va O'zbekiston voleybol federatsiyasi tashabbusi bilan talabalar (o'g'il va qiz bolalar) o'rtasida Markaziy Osiyo chempionati boshlandi.
Bellashuvlar “Universal” sport majmuasi zalida o'tkaziladi.
Buxoroda ilk bor tashkil etilayotgan nufuzli musobaqada mamlakatimiz va Markaziy Osiyoning eng kuchli 16 jamoasi g'oliblik uchun bellashadi. Ular nafaqat o'z mamlakatlarining, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining sport salohiyatini namoyon etadi.