Buxoroda 30 ming o'rinli futbol stadioni quriladi

Buxoro viloyatida 30 ming tomoshabinga mo'ljallangan zamonaviy markaziy futbol stadioni qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Loyiha Xitoyning China CAMC Engineering kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ma'lum qilinishicha, yangi stadion Buxoro tumanidagi “Bog'idasht” mahalla fuqarolar yig'ini hududida barpo etiladi. Hozirda mazkur sport majmuasi uchun loyiha ishlari boshlab yuborilgan.
Yangi stadion xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy infratuzilmaga ega bo'lishi ko'zda tutilgan. Inshoot nafaqat futbol uchrashuvlari, balki yirik respublika va xalqaro sport musobaqalariga ham mezbonlik qilishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar