Superliga ishtirokchisi “Buxoro” klubi 15 kunlik tanaffusdan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, jamoa 26 may kuni “Guliston”ga qarshi bahsdan so'ng ta'tilga chiqqan. 9 iyundan boshlab mashg'ulotlarga kirishgan.

“Yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish ham ko'zda tutilgan bo'lib, bu haqda xabar berib boramiz”, — deyiladi klub xabarida.

Manba: https://t.me/bukharapfc