"Burchak to'plari taqiqlanadi!": "Bayer" Chempionlar Ligasi o'yini oldidan "Arsenal" ustidan kuldi (foto)

"Bayer" Chempionlar Ligasi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi uchrashuv oldidan hazilomuz xabar qoldirdi.
Leverkuzenliklar "Bay-Arena" maydoni chetiga o'rnatilgan lavha suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishdi. Undagi yozuv shunday deydi: "Burchak to'plari taqiqlanadi!"

"Kechirasiz yigitlar, lekin qoida — bu qoida", — deya izoh qoldirilgan xabar tagida.